Rossiyada laboratoriyalararo taqqoslash sinovlarida Markaz laboratoriyasining sinov natijalari eʼtirof etildi
Rossiya Federatsiyasi Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya Federal agentligining Butunrossiya metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan laboratoriyalararo taqqoslash sinovlarida Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Sinovlar tashkilotchisi xalqaro standart ISO/IEC 17043 boʻyicha akkreditatsiyalangan boʻlib, bu sinovlarning yuqori sifatini va obyektivligini kafolatlaydi.
Taqqoslash sinovlarida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YUSSX) usuli orqali qoniqarli natijalarni namoyish qildi. Bu laboratoriya tomonidan taqdim etiladigan natijalarning OʻzDSt ISO/IEC 17025:2019 standarti talablariga mosligini va ishonchliligini tasdiqlaydi.
Markaz mutaxassislarining ushbu nufuzli sinovlarda erishgan yutugʻi yurtimizda dori vositalari sifati va xavfsizligini taʼminlash sohasidagi milliy tajribani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.